1. Главная
  2. »
  3. Yangiliklar
  4. »
  5. Смотреть онлайн трейлер Nurmat Otabekov: «Bu ketishda karantin tadbirlari yanada murakkablashishi tayin» бесплатно в HD

Nurmat Otabekov: «Bu ketishda karantin tadbirlari yanada murakkablashishi tayin»

Download now LINK

Nurmat Otabekov: «Bu ketishda karantin tadbirlari yanada murakkablashishi tayin»
Название:
Nurmat Otabekov: «Bu ketishda karantin tadbirlari yanada murakkablashishi tayin»

Download now LINK

Рейтинг:
Жанр:
Просмотры:
76

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3180 nafarga yetdi. Ulardan 2565 nafari, ya’ni 81 foizi to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda mamlakat shifoxonalarida 602 bemor davolanmoqda, 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 44 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 18 mingdan ziyodi statsionar sharoitdagi karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bir muncha murakkab bo‘lib turibdi. Kuni kecha qayd etilgan 49 bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu fuqarolar oramizda yurgan hamyurtlarimiz bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, atrofimizda koronavirus infeksiyalari mavjud bo‘lishi hech gap emas. Ko‘chaga chiqishdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘ring, karantin tadbirlariga rioya qiling. Aks holda kasallikni yuqtirib olishingiz va oila a’zolaringizga xavf tug‘dirishingiz mumkin. Har biringiz mas’uliyatni to‘liq his eting. Mabodo, vaziyat bu ketishda davom etadigan bo‘lsa, karantin tadbirlari yanada murakkablashib ketishi tayin. Buni zinhor unutmang!
manba: xabar.uzшаблоны для dle 11.2